BIZ BILAN BOG`LANING+(99897) 748 55 56

Ish kunlari: Dushanba - Juma; Ish vaqti: 09:00-18:00

Xorijiy tillar

Xozirda butun respublikamiz bo`ylab ingliz tilini o`rganishga hukumatimiz tomonidan qaratilayotgan alohida e`tiborni hisobga olgan holda va yoshlarimizni xorijiy tillarni o`rganishlarida ko`maklashish maqsadida bizning o`quv markazimixda xorijiy tillarni o`rgatish bo`yicha ko`plab o`quv kurslari tashkil qilingan. Bu borada ingliz va rus tillarini o`rgatish bo`yicha kurslar tashkil qilishga alohida e`tibor berilgan.

UZOQ YILLAR DAVOMIDA

Bizning o`quv markaz uzoq yillar davomida faoliyat yuritib kelmoqda va bu davr ichida 300 dan ortiq markazda ta`lim olgan o`quvchilar talabalarga aylandilar

XORIJIY TILLAR

O`quv markazda ko`plab xorijiy tillarni o`rgatish bo`yicha mashg`ulotlar tashkil etilgan bo`lib, unda tilni bilish darajangizdan qat`iy nazar o`zingizga mos kursni topasiz

TOEFL VA IELTS

Xalqaro imtihonlarga tayorlash bo`yicha maxsus kurslar tashkil qilingan bo`lib, bu kurslarni tamomlagach siz ushbu imtihonlarni bemalol topshirish imkoniyatiga ega bo`lasiz

Ingliz tili boyicha o`quv kurslari

Bizning o`quv markazimizda siz ingliz tilini o`rganish bo`yicha o`zingizga mos bo`lgan bosqichdagi o`quv kurslarini topishingiz mumkin

  • BOSHLOVCHI UCHUN
    USHBU KURS INGLIZ TILINI O`RGANISHNI ENDI BOSHLAGANLAR UCHUN MO`LJALLANGAN
  • O`ZARO MULOQOT KURSLARI
    OG`ZAKI NUTQINGIZNI RIVOJLANTIRISH VA RAVON QILISH UCHUN USHBU KURSLARNI TANLANG
  • INTENSIV KURSLAR
    QISQA MUDDATLARDA MA`LUM BIR BOSQICHGA ERISHMOQCHI BO`LSANGIZ - BU KURS ALBATTA SIZ UCHUN
  • IELTS VA TOEFL
    IELTS VA TOEFL TESTLARINI TOPSHIRISHNI MO`LJALLAYOTGAN BO`LSANGIZ USHBU KURS SIZNING TANLOVINGIZ

Ingliz tili boshlovchilar uchun!

Ingliz tinlini noldan o'rganmoqchi bo'lsangiz bu kursimiz aynan siz uchun.
Hech kimga sir emaski hozirda ingliz tili kundalik hayotimizga shu qadar chuqur kirib kelganki, kun sayin bu tilni o'rganuvchilar soni tobora oshib bormoqda. Agarda sizda ushbu til bo'yicha umuman bilimingiz bo'lmasa, ammo ushbi tilni o'rganish ishtiyoqida yurgan bo'lsangiz unda bizning markazimizda tashkil etilgan va boshlovchilar uchun mo'ljallangan kurslarimizga qatnashishingiz mumkin. Boshlovchilar uchun ishlab chiqilgan mahsus dastur qisqa muddatlarda etarlicha bilim olishingizni ta'minlaydi. Bu kursni tugatgach esa tilni o'rganish bo'yicha keyingi bosqichlarga o'tishingiz mumkin.

Intensiv kurslar!

Oldingizdagi til o'rganish bo'yicha mavjud barcha to'siqlarni qisqa muddatlarda engib o'ting.
Agarda siz ingliz tili bo'yicha boshlang'ich bilimlarga ega bolsangiz, yoki markazdagi boshlangich kursni yakunlagan bo'lsangiz, unda keyingi bosqichga o'tishingiz mumkin. Siz uchun markaz tomonidan bir qancha intensiv kurslar tayorlangan. O'zingizning bilim darajangizdan kelib chiqib mos kurslarni tanlab o'qishingiz mumkin. Intensiv kurslarni tashkil etishdan asosiy ko'zlangan maqsad qisqa muddatlarda keng ko'lamda til bo'yicha saboqlar berish bo'lib hisoblanadi. Albatta bunga erishish uchun kurs ishtirokchilaridan ham qattiq mehnat talab etiladi. Faqat shundagina ko'zlangan maqsadlarga erishish mumkin.

Nutqni rivojlantiruvchi kurs!

Ingliz tilida muloqot qilish qobiliyatingizni yanada rivojlantiring. Sizda ingliz tilini o'rganish uchun siz uchun to'liq to'g'ri keladigan qulay imkoniyat mavjud. Bu qanday amalga oshiriladi?
Juda oddiy:
Bizning o'quv markazimizda og'zaki nutqni rivojlantirish uchun mo'ljallangan kurs mavjud bo'lib, bu kursdan ko'zlangan maqsad tinglovchilarni ingliz tilida bemalol va ravon suhbatlashishga o'rgatishdir.Kurs dasturi barcha hohlovchilar uchun mo'ljallangan. O'tkaziladigan treninglarning darajalari: Elementary, Pre Intermediate va Intermediate. Kursning vazifasi muloqotdir. Har bir mashg'ulot mahsus tanlangan ma'lum bir mavzuga bag'ishlangan bo'lib, har bir mavzu o'ziga hosdir va mavzular bir-birini takrorlamaydi. Mashg'ulotlar ingliz tilida qiziqarli suhbat-diskussiya shaklida do'stona muhitda olib boriladi.

Ushbu nutqni rivojlantirish kursida ishtirok etish sizga bir qator yutuqlar beradi:

  • - tilni o'rganishda nutqni shakllantirish bilan boq'liq to'siqlarni engib o'tish;
  • - og'zaki suhbat olib borish bo'yicha amaliy mashg'ulotlar olib borish;
  • - siz taklif qilgan mavzularda suhbatlar tashkil etish va unda ishtirok etish.

Bu kursda puhta tashkil etilgan mashg'ulotlar, qiziqarli materiallar va do'stona muhitda olib boriladigan mashg'ulotlarda qatnashib - ingliz tilida gapirishni o'rganish qiyin emasligiga ishonch hosil qilasiz. Har bir mashg'ulotning davomiyligi - 2 soat. Kursga qatnashish uchun oldindan yozilish lozim. Ushbu kurs bo'yicha batafsil ma'lumotlarni markaz menedjerlaridan saytning bog'lanish sahifasida keltirilgan telefon raqamlariga qo'ng'iroq qilib yoki info@galaktika.uz elektron pochtasiga hat yozish orqali bilib olishingiz mumkin.

IELTS va TOEFL imtihonlariga tayorlanish!

Tilni halqaro darajalarda o'rganing va imtihonlarni yuqori ko'rsatkichlarda topshiring.
Horijiy o'quv yurtlariga kirish harakatida bo'lsangiz, albatta TOEFL yoki IELTS testlaridan birini topshirishingizga to'g'ri keladi. Ushbu testlardan o'tish uchun puhta tayyorgarlik talab etiladi. Bizning markazda ushbu testlarga tayorlash bo'yicha alohida kurslar mavjud. Kurslarni ushbu sohada etarlicha malakaga ega o'qituvchilar olib boradi. Ushbu kurslarda siz ingliz tili grammatikasi, eshitish va gaplashish bo'yicha mashg'ulotlar olib boriladi. Agarda qisqa fursatlarda ushbu testlarga tayorlanmoqchi bo'lsangis, unda kurslarimizga yoziling.

Bizning o'quv markazda ingliz tilini o'rganish bo'yicha tashkil etilgan kurslarda ta'lim olayotgan barcha tinglovchilar ushbu o'quv kurslarini to'liq tugatgach, markaz tomonidan ularga buni tasdiqlovchi mahsus sertifikat taqdim qilinadi.